AsosiyJamiyat

Samarqandda ham taomnomani o‘zbek tilida yozmagan oshxona jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqda taomnomada ma’lumotlar xorijiy tilda taqdim etilgani yuzasidan tanqidiy murojaat qoldirilgan.

'Samarqandda ham taomnomani o‘zbek tilida yozmagan oshxona jarimaga tortildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Salmon Lazzat” OK tomonidan tegishli hujjatga ega bo‘lmagan reklama joylashtirilganligi va taomnomada ma’lumotlar xorijiy tilda taqdim etilgani yuzasidan tanqidiy murojaat qoldirilgan. Holat bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ma’lumot taqdim etdi. 

Raqobat qo‘mitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan mazkur murojaat o‘rganilganda “Salmon Lazzat” OK tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 26-moddasiga zid ravishda reklama joyining pasporti mavjud emasligiga qaramay reklama tarqatilgani, shuningdek, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi talablarini buzgan holda umumiy ovqatlanish korxonasi taomnomasida davlat tilida ma’lumot berilmagani aniqlandi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Salmon Lazzat” OKga nisbatan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlar hamda Vazirlar Mahkamasining 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish Qoidalari” talablari buzilishi alomatlari yuzasidan ish ko‘rib chiqilib, qonunbuzilish holatlarini  bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi hamda moliyaviy jarima qo‘llanildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andijonda kanal shikastlanishi ortidan aholi xonadonlariga suv kirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:18

    Andijonda kanal shikastlanishi ortidan aholi xonadonlariga suv kirdi

    Mazkur holatga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.

    'Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan  o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 22:27

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

    Unda sohaning yetuk mutaxassislari, rassom, dizayner, animator, videograf, fotograf va kontent yaratuvchilar ishtirok etmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 20:21

    'O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga bordi'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:41

    O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga bordi

    O‘zbekiston yetakchisi uchun ajratilgan qarorgohda davlat rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari va Hukumat Raisining birinchi o‘rinbosari kutib oldilar.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:34

    'Andijondagi GESni Rossiya kompaniyasi qurayotgan bo‘lgan'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:19

    Andijondagi GESni Rossiya kompaniyasi qurayotgan bo‘lgan

    “O‘zbekgidroenergo” AJ Andijondagi kanalda yuz bergan texnogen holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.