23 mart kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 09:18 da Toshkent shahar Sergeli tumani Xonabod ko‘chasida joylashgan va yangi qurilayotgan bino fasad qismida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 09:24 da yetib borib, yong‘in soat 09:39 da qurshab olinib, soat 09:42 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
“Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.