Janubiy Koreyada to‘rt kishining hayotiga zomin bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari tufayli mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 22 mart kuni soat 18:00 dan boshlab Ulsan metropoliyasi, Kyonsan-Pukto va Kyonsan-Namdo provinsiyalarida tabiiy ofat rejimi e’lon qilingan.
Yong‘in oqibatida o‘t o‘chirish xizmatining to‘rt nafar xodimi halok bo‘ldi. Olti kishi, jumladan, bir nafar mahalliy fuqaro jabrlangan. 1500 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan, 260 kishi uy-joyini yo‘qotib, vaqtinchalik yashash punktlariga joylashtirilgan.
Yong‘in 21 mart kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan va boshqa hududlarga tarqalgan. Ertasi kuni esa yong‘in o‘choqlarining taxminan 70 foizini o‘chirishga muvaffaq bo‘lingani. Ammo kuchli shamol ko‘tarilib, bu ko‘rsatkich 35 foizga tushgan.
Tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlarda temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatilgan. Hozirgacha jami 3286,11 gektar yer — taxminan 4600 ta futbol maydoniga teng hudud yonib ketgan.