Kanada bosh vaziri Mark Karni 28 aprelda mamlakatda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini e’lon qildi.
"Kanadaning xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘proq ish qilishimiz lozim", — dedi vazir AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan boshlangan savdo urushi va uning anneksiya tahdidlarini nazarda tutib.
Kanadada navbatdagi saylovlar joriy yilning 20 oktyabridan kechiktirmay bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq bosh vazir saylovlarni ertaroq e’lon qilish huquqiga ega va ko‘pchilik Mark Karni bosh vazir lavozimini egallaganidan ko‘p o‘tmay shunday qilishini kutgan edi.