Bugun, 24 mart kuni soat tahminan 17:30 larda O‘rta Chirchiq tumani hududida, qayrilib olish mumkin bo‘lgan joydan "Nexia 2" transport vositasi qayrilib olayotgan vaqtida "Kobalt" rusumli avtomobil bilan to‘qnashib yo‘l transport hodisasi sodir etgan.
Ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshlig‘ining Matbuot kotibi hodisasi natijada "Nexia 2" rusumli avtoulovida yong‘in kelib chiqqanligini ma’lum qildi. Voqeada harakat ishtirokchilarini sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.
Hozirda yong‘in to‘liq o‘chirilib, xolat yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.