Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaning ma’lum qilishicha, besh kundan buyon davom etayotgan norozilik namoyishlarida mamlakat bo‘ylab jami 1 133 nafar kishi qo‘lga olingan. Istanbul va Izmirda kamida 10 nafar jurnalist ham hibsga olingan.
Namoyishlar Istanbul shahri meri Ekrem Imamo‘g‘lu qo‘lga olinganidan so‘ng boshlangan. U 2028 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida hozirgi davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning eng asosiy raqibi sifatida ko‘rilayotgan edi. Imamo‘g‘luga korrupsiya ayblovi qo‘yilgan, shuningdek, tergov doirasida yana 100 dan ortiq kishi ham qo‘lga olingan.
Keyinchalik Imamo‘g‘lu rasman korrupsiyada ayblanib, hibsga olindi. U ayblovlarni siyosiy maqsadli deb baholadi, Erdo‘g‘on esa bu iddaolarni rad etdi.
Kecha Imamo‘g‘lu muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasi tomonidan 2028 yilgi prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida rasman tasdiqlandi. Ayni paytda u hibsda qolmoqda.