Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha ketayotgan Sharq poyezdida topilgan suvaraklarni haqida materiallar tarqatilmoqda. Holat yuzasidan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, bu ma’lumot yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
"Tarqatilgan fotosuratlar boshqa yo‘nalish — Toshkent – Volgograd poyezdiga bag‘ishlangan eski nashrdan olingan. Ushbu suratlar Shark poyezdi bilan hech qanday aloqasi yo‘q va ulardan ushbu kontekstda foydalanish faktlarni manipulyatsiya qilishdir.
Biz yo‘lovchilarimizning qulayligi va xavfsizligi haqida qayg‘uramiz va muntazam ravishda barcha poyezdlar, jumladan, «Shark» poyezdlarida sanitariya me’yorlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirgan holda ko‘rikdan o‘tkazamiz.
Biz asosli faktlarni taqdim etishga va jamiyatni maqsadli ravishda chalg‘itmaslikka chaqiramiz", - deyiladi xabarda.