AsosiyJamiyat

Germaniyada ishlayotgan o‘zbek hamshiralari soni ma’lum qilindi

Shveysariya kompaniyasi o‘zbekistonlik hamshiralarni Germaniyadagi bo‘sh ish joylari uchun tanlash, o‘qitish va ishga qabul qilish bo‘yicha bir qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

'Germaniyada ishlayotgan o‘zbek hamshiralari soni ma’lum qilindi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Shveysariyaning “GLOBOGATE concept AG” kompaniyasi o‘zbekistonlik hamshiralarni Germaniya Federativ Respublikasidagi bo‘sh ish joylari uchun tanlash, o‘qitish va ishga qabul qilish bo‘yicha bir qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Jumladan, mamlakatimizdagi malakali o‘rta tibbiyot xodimlari ushbu loyihalar doirasida Germaniyaning Axen universiteti klinikasi, Asklepios kasalxonalari, Enzkreis klinikalari, Brandenburg va Karsrue shaharlari klinikasi va Salus Altmark klinikalariga umumiy hamshiralik hamda psixiatrik hamshira sifatida ishlash uchun taklif etilyapti.

Bugunga qadar Migratsiya agentligi, “GLOBOGATE concept AG” tashkiloti hamda Germaniyaning yuqorida qayd etilgan tibbiyot muassasalaridan Axen universiteti klinikasi, Asklepios kasalxonalari va Enzkreis klinikalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan sinov imtihonlaridan 400 nafar hamshiralarimiz muvaffaqiyatli o‘tib, ushbu mamlakatda tibbiy faoliyatini olib bormoqda.

 Shuningdek, tanlovlarda saralangan yana 550 nafar o‘rta tibbiyot xodimi ayni paytda o‘quv jarayonlarida ishtirok etyapti. Ularning 370 nafari umumiy hamshiralik yo‘nalishlarida, qolgan 180 nafari esa psixiatriya bo‘limlarida ishlash uchun tayyorlanmoqda.

 Dastur doirasida yil so‘ngiga qadar 350 nafar o‘rta tibbiyot xodimini xorijda ishlash uchun tayyorlash va Germaniya klinikalariga yuborish rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi

    2026 yil 1 martdan boshlab vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng, uning eri yoki xotini, ota-onasi, farzandlarining my.gov.uzʼdagı shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kodli ma’lumotnoma bepul yuboriladi.

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31