AsosiyMadaniyat

O‘zbekiston vakili Fransiyaning "San’at va adabiyot" ordeni bilan taqdirlandi

Orden O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaga topshirildi.

'O‘zbekiston vakili Fransiyaning "San’at va adabiyot" ordeni bilan taqdirlandi'ning rasmi

Kecha Fransiya Madaniyat vazirligida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaga "San’at va adabiyot" (Ordre des Arts et des Lettres) ordeni kavaleri nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Fransiya madaniyat vaziri Rashida Dati taqdirlash marosimidagi nutqida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekistonda madaniyat sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil davlat siyosatini e’tirof etish borobarida, bu Fransiya bilan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

"Ushbu yuksak mukofot O‘zbekistonning xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash va san’at sohasida global muloqotni rivojlantirishga qo‘shgan sa’y-harakatlari va hissasining e’tirofidir. Hukumat, Prezident ma’muriyati va Fransiya Tashqi ishlar vazirligi, diplomatik korpus vakillari, madaniyat arboblari va xalqaro hamkorlar ishtirokida O‘zbekiston vakilining ushbu orden bilan taqdirlangani Yangi O‘zbekiston madaniy diplomatiyasi samaradorligining yorqin dalilidir", - dedi vazir Rashida Dati.

Eslatib o‘tamiz, Gayane Umerova O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy kengashi a’zosi hisoblanadi. 

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlik bir qator muhim tashabbuslar – Luvrda o‘zbek merosiga oid keng ko‘lamli ko‘rgazmadan tortib, xalqaro madaniy anjumanlarda faol ishtirok etishgacha bo‘lgan ishlar tufayli yangi bosqichga ko‘tarildi.

Shu nuqtayi nazardan, davlatimiz rahbari tashabbuslarini amalga oshirishda ustuvor loyihalarni amalga oshirayotgan O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi muhim o‘rin tutmoqda.

"San’at va adabiyot" ordeni kavaleri nishoni Fransiyada, shuningdek, butun dunyoda san’at va adabiyotning gullab-yashnashiga qo‘shgan xizmatlarini taqdirlash uchun har yili dunyo bo‘ylab 60ga yaqin kishiga beriladi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi jamoasi Gayane Umerovani ushbu yuksak e’tirof bilan chin dildan muborakbod etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Украинадаги урушда қатнашган ўзбекистонликка суд ҳукми ўқилди'ning rasmi

    Madaniyat 26.08.2025 15:00

    Украинадаги урушда қатнашган ўзбекистонликка суд ҳукми ўқилди

    Россия томонида урушга ихтиёрий қўшилган фуқаро 4 йилга озодликни чеклаш жазоси олди.

    'Jennifer Lopesning kontsertiga kirishdan oldin nimalarga e'tibor berish kerak?'ning rasmi

    Madaniyat 01.08.2025 17:32

    Jennifer Lopesning kontsertiga kirishdan oldin nimalarga e'tibor berish kerak?

    Here is the translation of your message into Uzbek using Latin script, maintaining the exact HTML structure: ```html Tashrif buyuruvchilar uchun muhim eslatmalar: chipta, xavfsizlik va taqiqlangan buyumlar haqida. ```

    'Ibrohim Totlisasning qizi politsiyani bosib ketmoqchi bo‘ldi'ning rasmi

    Madaniyat 28.07.2025 11:40

    Ibrohim Totlisasning qizi politsiyani bosib ketmoqchi bo‘ldi

    “Men Ibrohim Totlisasning qiziman!” — Dilan Chitak politsiyani ustiga mashina haydadi.

    'Jaloliddin Ahmadaliyev ham jarimaga tortildi'ning rasmi

    Madaniyat 10.07.2025 20:11

    Jaloliddin Ahmadaliyev ham jarimaga tortildi

    Muallif zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

    'Keti Perri va Orlando Blum ajralganini e’lon qildi'ning rasmi

    Madaniyat 04.07.2025 17:26

    Keti Perri va Orlando Blum ajralganini e’lon qildi

    Dunyo shou-biznesining eng mashhur juftliklari farzandlarini urish-janjalsiz muhitda tarbiyalash uchun bu qarorga kelganini aytgan.

    '"Oskar" ham najot keltirmagan qora tanli aktirsa'ning rasmi

    Madaniyat 10.06.2025 17:26

    "Oskar" ham najot keltirmagan qora tanli aktirsa

    "Shamolda qolgan hislarim" filmidagi "Onaxon"ning og‘riqli qismati.