Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasidagi Olimpiya shaharchasi hududi atrofida yer osti tunneli qurilishi boshlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Shu munosabat bilan barcha turdagi transport vositalarining harakati quyidagi yo‘nalish bo‘yicha vaqtinchalik cheklanadi:
- SAEX ko‘rgazma majmuasidan Yangi O‘zbekiston bog‘iga kiraverishgacha.
Yo‘l 2025 yil 13 aprel 00:00 dan yopilib, 1 sentyabrda ochiladi.