AsosiyJamiyat

Bo‘stonliqda 2 yoshli bola 25 metrlik jarlikka tushib ketdi

Hozirda bolaning ahvoli yaxshi ekani ma’lum qilingan.

'Bo‘stonliqda 2 yoshli bola 25 metrlik jarlikka tushib ketdi'ning rasmi

Kecha, 10 aprel kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 2 yoshli bola jarlikka tushib ketdi. Bu haqda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 22:23 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bo‘stonliq tumani “Yakkatut” MFY hududida 2 yoshli bola yo‘qolib qolgani va o‘sha hududdagi jarlikka tushib ketganidan gumonlanib xabar berilgan.

Aytilgan manzilga zudlik bilan Bo‘stonliq tumanining bir guruh qutqaruvchilari yetib borgan. Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida bola o‘sha hudud yaqinidagi jarlikning tahminan 25 metr bo‘lgan chuqurligidan topilgan va yuqoriga olib chiqilib, sog‘-salomat ota-onasiga topshirilgan. Hozirda bolaning ahvoli yaxshi ekani ma’lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar