AsosiyDunyo

AQSH dollarining qiymati yevroga nisbatan uch yil ichidagi eng past darajaga tushdi

Bu AQSHning Xitoy mahsulotlariga soliqlarini 145% gacha oshirishi ortidan yuz berdi.

'AQSH dollarining qiymati yevroga nisbatan uch yil ichidagi eng past darajaga tushdi'ning rasmi

AQSH dollari yevro valyutasiga nisbatan 1.1424 darajasigacha tushib, 2022 yil fevral oyidan beri qayd etilmagan eng past nuqtaga yetdi.

Buyuk Britaniya funt-sterlingga nisyubatan 1 foizga arzonladi. Bu o‘zgarish, asosan, AQSH va Xitoy o‘rtasidagi yangi savdo urushi kuchayishi va jahon iqtisodiyotidagi tanazzul xavfi bilan bog‘liqdir.

Ta’kidlash kerak, Bu AQSHning Xitoy mahsulotlariga soliqlarini 145% gacha oshirishi va Xitoyning javob tarifi orqali savdo ziddiyatlarining keskinlashuvi ortidan yuz berdi.

AQSH dollarining yevro va funt kabi asosiy valyutalarga nisbatan qadrsizlanishi investorlar orasida AQSH iqtisodiyotining barqarorligi borasida xavotirlar paydo bo‘layotganidan dalolat beradi. 

Ma’lumki, 2022 yilda dollar yevroga nisbatan kuchaygan edi, chunki Yevropa energetika inqirozi va Ukraina urushi yevroning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan edi. 2023 yilda AQSH Federal zaxira tizimining agressiv foiz siyosatlari dollarni yanada mustahkamladi. Ammo Trampning shu kunlardagi savdo urushlari dollarga ishonchni pasaytira boshladi.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar