Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan “Mahdiy turizm” MJCH xodimi 1995 yilda tug‘ilgan A.J. to‘rt nafar fuqaroga “Haj” safariga yuborishni va’da qilgan.
A.J. MCHJning ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanishga litsenziyasi yo‘qligini bila turib, ulardan aldov yo‘li bilan 27,200 AQSH dollarini olayotgan paytida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Yana bir noqonuniy holat poytaxtning Shayxontohur tumanida qayd etilgan. “Sohil turizm” MJCH direktori 1991 yilda tug‘ilgan S.N. ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni “Haj” safariga yuborishni va’da qilib, bunday faoliyat turi bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lmasada, 10,000 AQSH dollarini olgan vaqtida xolislar ishtirokida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilishlik uchun Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etildi.
"Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslardan va sayyohlik firmalaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz Toshkent shahar IIBB ning 71-206-43-02 raqamiga yoki 102 raqami orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz", deyiladi xabarda.