AsosiySport

"Men bu jangni va g‘alabamni qizimga bag‘ishlayman!"

Shahram G‘iyosov marhum qiziga atalgan jangda g‘olib bo‘ldi.

'"Men bu jangni va g‘alabamni qizimga bag‘ishlayman!"'ning rasmi

Shahram G‘iyosov prof boksdagi 17-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. G‘iyosov AQSHning Nyu-Jersi shtati, Atlantik-Siti shahrida tashkil etilgan boks oqshomida ringga ko‘tarildi. Bokschiga argentinalik Franko Maksimiliano Okampo raqiblik qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang 4-raundda yakunlandi. 

Endi G‘iyosov Ennis - Staniosis to‘qnashuvi g‘olibiga qarshi WBA va IBF kamari uchun jang o‘tkazadi. 

Jangdan so‘ng intervyu bergan sportchi shunday degan: 

"Tayyorgarlik juda og‘ir bo‘ldi. Chunki men qizimni yo‘qotdim. Bilaman, hozir u meni ko‘rib turibdi. Meni tomosha qilyapti. Meni duolar qilib turibdi. Men unga va’da bergandim, men unga Jahon chempioni bo‘laman deb va’da bergandim. Meni uni juda yaxshi ko‘rardim. Men bu jangni va g‘alabamni qizimga bag‘ishlayman! Men qizimga Jahon chempioni bo‘daman deb va’da bergandim. U menga doim ishonardi. Menga imkoniyat bering va men buni uddalayman!" - degan u.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2031 yilgi Osiyo kubogini qabul qilish uchun qo‘shma ariza berdi'ning rasmi

    Sport 12.04.2025 14:41

    O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2031 yilgi Osiyo kubogini qabul qilish uchun qo‘shma ariza berdi

    Osiyo Kubogi musobaqasini o‘zida qabul qilish uchun turnir tarixidagi rekord ko‘rsatkich — 7 ta ariza topshirilgan.

    'U-17 Osiyo kubogi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi'ning rasmi

    Sport 10.04.2025 09:27

    U-17 Osiyo kubogi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

    Gollarga Jamshidbek Rustamov va Asilbek Aliyev mualliflik qilgan.

    'Ichki ishlar vaziri O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi'ning rasmi

    Sport 09.04.2025 21:07

    Ichki ishlar vaziri O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi

    Federatsiyaning sakkizta hududiy bo‘limlariga IIB boshliqlari rais bo‘ldi.

    'O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi muddatidan oldin Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi'ning rasmi

    Sport 07.04.2025 09:06

    O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi muddatidan oldin Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi

    Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tayotgan U-17 Osiyo chempionatida 2-tur bahslari yakuniga yetdi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ketma-ket ikki turda ham g‘alaba qozondi.

    'Bokschilarimiz Jahon kubogida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi'ning rasmi

    Sport 06.04.2025 13:58

    Bokschilarimiz Jahon kubogida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi

    Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi.

    'Bugun Bahodir Jalolov Ostonada bo‘lib o‘tadigan professional boks oqshomida ringga ko‘tariladi'ning rasmi

    Sport 05.04.2025 09:58