AsosiyDunyo

Tramp yangi tarif siyosati natijalaridan hafsalasi pir bo‘la boshladi

U mazkur masala bilan shug‘ullangan maslahatchilarini ishdan bo‘shatmoqda.

'Tramp yangi tarif siyosati natijalaridan hafsalasi pir bo‘la boshladi'ning rasmi

Germaniyaning Bild nashri yozishicha, Tramp yangi tarif siyosati natijalaridan hafsalasi pir bo‘la boshladi - u mazkur masala bilan shug‘ullangan maslahatchilarini ishdan bo‘shata boshladi. AQSH prezidentiga yaqin bo‘lgan savdo bo‘yicha maslahatchi Piter Navarro va savdo vaziri Govard Lyutnik ikkinchi darajali lavozimlarga o‘tkazilgan.

Bu o‘zgarishlar AQSH prezidenti Donald Tramp boshlab yuborgan va butun dunyoga qarshi yo‘naltirilgan tariflar urushining reja asosida ketmayotganiga ochiq ishora sifatida baholanmoqda. Chorshanba kuni AQSH davlat obligatsiyalari bilan savdo bozorlari "qulay" boshlaganida, deyarli moliyaviy inqiroz xavfi yuzaga kelgan edi.

Tramp 75 davlatdan keladigan import tovarlariga joriy qilgan keskin bojlarni 90 kunlik muzlatib qo‘yishga majbur bo‘ldi. Biroq Xitoy bilan to‘qnashuv yanada keskin tus olmoqda: Tramp barcha xitoylik mahsulotlarga 145 foizlik boj solishni buyurdi. Buning evaziga Xitoy rahbari Si Szinpin AQSH mahsulotlariga bojlarni 125 foizga oshirdi. U dunyodagi so‘nggi o‘nlab yillardagi eng og‘ir savdo urushi yuzasidan ilk bor bayonot berdi: "Xitoy qo‘rqmaydi", — dedi Xalq partiyasi yetakchisi.

AQSHda esa tariflar bo‘yicha jamoani qayta tuzish bozorlarni tinchlantirishni ko‘zlamoqda. Uoll-stritda obro‘li investor va sobiq xedj-fond menejeri bo‘lgan Bessentning sahnaga chiqishi bu savdo urushini biroz bo‘lsada tinchlantirish mumkin, deb hisoblashyapti. Tramp ma’muriyatida u aql va mantiq ovozi sifatida ko‘rilmoqda. O‘tgan yakshanba kuni Bessent prezident Tramp bilan uchrashish uchun uning Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohiga uchib bordi va pragmatikroq siyosat yuritishga chaqirdi. Bessent endi 75 davlat bilan rejalashtirilayotgan muzokaralarda bosh maslahatchi bo‘ladi.

Bu jarayonda "Janob tarif" nomini olgan Lyutnik ham faol bo‘ladi — u fojeaviy “Cantor Fitzgerald” savdo kompaniyasi rahbari bo‘lgan (9/11 voqeasi chog‘ida uning 658 xodimi World Trade Center binolarida halok bo‘lgan edi). U bosim ko‘rsatuvchi shaxs sifatida harakat qilishi kerak. Ammo bir narsa aniq- Trampning xos doirasidan o‘rin olgan, savdo urushini qo‘llovchilar va adolatli, global tovar ayirboshlash tarafdorlari o‘rtasidagi tortishuvlar davomida Lyutnik “ikkinchi darajali” shaxs maqomiga tushirilgan.

Aytishlaricha, Lyutnik, hatto faqatgina pingvinlar shovchi orollar uchun boj tariflarini oshirish tarafdori bo‘lgan. Manbalarning ma’lum qilishicha, Lyutnik u "murakkab xarakteri" tufayli muzokaralarda tor doirada ushlab turiladi. U so‘nggi paytlarda aholi yashamaydigan Herd va Makdonald orollariga qarshi bojlarni himoya qilgan — bu yerda faqat pingvinlar yashaydi. Uning fikriga ko‘ra, davlatlar tovarlarni Antarktida orollari orqali rasmiylashtirib, boj to‘lashdan qochishlari mumkin. 

Bu o‘yinda maslahatchi Navarro aniq yutqizgan ko‘rinadi. Ammo u populist “tariflar urushining” bayroqdori sifatida hali ham prezidentning ishonchini saqlab turibdi. Shunga qaramay, u Trampning global iqtisodni qayta tuzish bo‘yicha rejalari muvaffaqiyatsizlik uchrasa, “asosiy aybdor” sifatida jazolash uchun ma’muriyatda ushlab turilibdi, degan qarashlar ham yo‘q emas.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ukraina dronlari Kurskni nishonga oldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:33

    Ukraina dronlari Kurskni nishonga oldi

    Portlash oqibatida 85 yoshli ayol halok bo‘lgan. 9 kishi tan esa jarohat olgan.

    'Ukraina urushi uchun Putin, Bayden va Zelenskiy javobgar — Tramp'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:23

    Ukraina urushi uchun Putin, Bayden va Zelenskiy javobgar — Tramp

    AQSh prezidenti Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi yuzasidan uch yetakchini aybladi. Unga ko‘ra, Putin bu urushni boshlamasligi, Bayden va Zelenskiy esa uni to‘xtata olishi mumkin edi.

    'Sumаdagi qurbonlar soni 35 nafarga yetdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:26

    Sumаdagi qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

    Rossiya Ukrainaning Sumа shahriga qilgan hujumi oqibatida 119 nafar kishining jarohatlangani aytilmoqda.

    'Yevro AQSH dollariga muqobil valyutaga aylanmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:10

    Yevro AQSH dollariga muqobil valyutaga aylanmoqda

    Yevro AQSH dollariga muqobil valyuta  sifatida investorlar uchun “xavfsiz aktiv”ga aylanmoqda.

    'Turkiya oppozitsiyasi muddatidan avval prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini talab qilmoqda'ning rasmi

    Dunyo 14.04.2025 21:50

    Turkiya oppozitsiyasi muddatidan avval prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini talab qilmoqda

    Prezidentga muxolif partiya tarafdorlari bu tashabbusini qo‘llab quvvatlovchi 10 milliondan ortiq imzo yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.

    'Zelenskiy Uchinchi jahon urushi xavfi haqida bayonot berdi'ning rasmi

    Dunyo 14.04.2025 19:42

    Zelenskiy Uchinchi jahon urushi xavfi haqida bayonot berdi

    Bundan tashqari, u AQSHning "neytral pozitsiya"ni egallashi noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi.