AsosiyJamiyat

Turkiyada ota-onasidan ajralgan qiz O‘zbekistonga qaytarildi

U vaqtincha Toshkentdagi bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirildi.

'Turkiyada ota-onasidan ajralgan qiz O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

Turkiyada ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasiga kelib tushgan ma’lumotlar asosida xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan qizni vatanga qaytarish chora-tadbirlari boshlangan.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va elchixonaning sa’y harakatlari natijasida qiz 15-aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportida mas’ul xodimlar tomonidan kutib olingan.

“Hozirda qiz Toshkent shahri voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga vaqtincha joylashtirilgan. Joylashtirishning muqobil shakli belgilangunga qadar qizga ushbu markazda zarur ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan”,— deyiladi xabarda.

Shuningdek, voyaga yetmagan bolalarning doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari olib kelinayotgan bolalarni oilaviy muhitga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilayotgani qo‘shimcha qilingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda ekolaboratoriyalar tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:08

    Toshkentda ekolaboratoriyalar tashkil etildi

    Ekologiya qoʻmitasi ifloslanishga qarshi kurashni kuchayitirmoqda. Poytaxt havosi 24/7 nazorat tizimiga oʻtdi.

    'Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi

    2026 yil 1 martdan boshlab vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng, uning eri yoki xotini, ota-onasi, farzandlarining my.gov.uzʼdagı shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kodli ma’lumotnoma bepul yuboriladi.

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02