AsosiyDunyo

AQSH Ukrainadan yordam pulini qaytarish talablarini yumshatmoqda — endi qarz 100 milliard dollarga tushdi

Tramp ma’muriyati Rossiyaning to‘liq masshtabdagi bosqini boshlanganidan buyon AQSH tomonidan Ukrainaga ko‘rsatilgan yordam miqdorini 300 milliard dollar deb baholayotgan edi.

'AQSH Ukrainadan yordam pulini qaytarish talablarini yumshatmoqda — endi qarz 100 milliard dollarga tushdi'ning rasmi

AQSH Ukraina bilan iqtisodiy kelishuv borasida olib borilayotgan muzokaralar paytida Kiyevdan yordam pulini qaytarish borasidagi talablarini yumshatgan ko‘rinadi, deb xabar berishmoqda bu masala bilan tanish manbalar.

O‘tgan hafta Vashingtonda o‘tkazilgan muzokaralar davomida Donald Tramp ma’muriyati Rossiyaning to‘liq masshtabdagi bosqini boshlanganidan buyon AQSH tomonidan Ukrainaga ko‘rsatilgan yordam miqdorini avvalgi 300 milliard dollardan taxminan 100 milliard dollargacha qisqartirdi. Bu miqdor Ukraina tomoni baholagan $90 milliarddan ortiq yordamga yaqinlashgan.

Tramp ma’muriyati Kiyevdan Ukrainadagi kelajakdagi investitsiya loyihalaridan, xususan, qazilma boyliklar va infratuzilma sohasidagi daromadlardan umumiy foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishini so‘ramoqda. Vashington buni Jo Bayden ma’muriyati davrida Ukrainaga berilgan qurol-aslaha va boshqa yordamlarning kompensatsiyasi sifatida ko‘rmoqda.

Kelishuvga ko‘ra, AQSHga Kiyevda tashkil etiladigan maxsus qayta tiklash investitsiya fondidagi daromadlarga birinchi navbatdagi da’vogarlik huquqi berilmoqda va mazkur fond Vashington nazorati ostida bo‘ladi. Ukraina esa bunday shartlarni qayta ko‘rib chiqishga intilib, avvalgi yordamlarni qarz deb tan olishdan bosh tortmoqda.

Ukraina hukumati kelishuv imzolanmaguncha izoh bermasligini ma’lum qildi. Oq uy va AQSH Moliya vazirligi ham bu borada sharh berishdan bosh tortdi. Moliya vazirligi vakili esa texnik muzokaralarni juda samarali deb baholadi va yaqin kunlarda ularni yakunlashga umid bildirdi.

Dushanba kuni muzokaralar holati haqida gapirar ekan, Moliya vaziri Skott Bessent Ukraina tomoni o‘tgan dam olish kunlari o‘z muqobil taklifini taqdim etganini aytdi. “Biz juda, juda yaqinmiz”, — dedi u Buenos-Ayresda Bloomberg News muxbiriga. “Kelishuv shu haftaning o‘zida imzolanishi mumkin”.

Juma va shanba kunlari texnik guruhlar o‘rtasida o‘tgan muzokaralar ham konstruktiv ruhda kechgan. Biroq AQSH hali ham mazkur fond orqali o‘z xarajatlarini qoplash imkonini asosiy maqsad sifatida ko‘rmoqda. Shu bilan birga, Tramp ma’muriyati ushbu fondga kelgusida investitsiya kiritish majburiyatini olmoqchi emas va bu masalani keyingi muhokamalarga qoldirgan.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 18.04.2025 14:18

    'Rossiya Xarkovga raketalar bilan hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo 18.04.2025 11:38

    Rossiya Xarkovga raketalar bilan hujum qildi

    Hujum ortidan 1 kishi halok bo‘lgan, 54 kishi esa yaralangan.

    'Tramp Ukraina yer osti boyliklari bo‘yicha Zeleiskiy bilan kelishuv imzolamoqchi'ning rasmi

    Dunyo 18.04.2025 10:59

    Tramp Ukraina yer osti boyliklari bo‘yicha Zeleiskiy bilan kelishuv imzolamoqchi

    Tramp buni 2025-yilning 17-aprel kuni Oq uyda Italiya bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuvida aytgan.

    'AQSHda samolyot quyon sababli yonib ketdi'ning rasmi

    Dunyo 18.04.2025 08:51

    AQSHda samolyot quyon sababli yonib ketdi

    United Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 samolyoti Denverdan Kanadaga yo‘l olgan chog‘ida motorda yong‘in chiqqani sabab majburiy qo‘nishni amalga oshirdi.

    'Rossiya “Tolibon”ni terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqardi'ning rasmi

    Dunyo 18.04.2025 07:23

    Rossiya “Tolibon”ni terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqardi

    Rossiya Oliy sudi “Tolibon” harakatini terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqarish masalasini koʻrib chiqdi.

    'Rossiyalik deputat 4 yildan beri Ukrainada turib o‘z vazifasini bajarib kelmoqda'ning rasmi

    Dunyo 17.04.2025 17:41

    Rossiyalik deputat 4 yildan beri Ukrainada turib o‘z vazifasini bajarib kelmoqda

    Deputat keyinchalik Ukraina va Rossiya o‘rtasida o‘zaro asirlar va fuqarolarni almashish chog‘ida o‘z vataniga qaytishni rejalashtirmoqda.