AsosiyJamiyat

"Onam bir kun biznikiga Prezident keladi, derdilar"

Marhuma onaning gaplari o‘ngidan kelib Prezident bugun uylariga keldi.

'"Onam bir kun biznikiga Prezident keladi, derdilar"'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buloqboshi tumanida yig‘ilish o‘tkazganidan so‘ng yo‘lda keta turib, ta’ziyali xonadonga ko‘zi tushdi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot kotibi.

Bu xonadonda oilaning tabarruk onaxoni – Mamlakatxon aya Davronovaning vafot etgani munosabati bilan marosim bo‘layotgan edi. 

Davlatimiz rahbari ta’ziyada qatnashib, xonadon egalaridan ko‘ngil so‘radi, chuqur hamdardligini bildirib, sabr-toqat va bardosh tiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardaa bugun ta’ziyasiga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgan Mamlakatxon aya Davronovaning o‘g‘illari bilan suhbat tarqaldi.

    Boshqa yangiliklar