AsosiyDunyo

Sergey Lavrov O‘zbekistonga keladi

U O‘zbekiston Prezidenti va tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazadi.

'Sergey Lavrov O‘zbekistonga keladi'ning rasmi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 22–23 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi, u yerda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

"22–23 aprel kunlari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan uchrashuv hamda ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri bilan atroflicha muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan", — dedi Zaxarova brifing paytida.

Muzokaralar davomida asosiy e’tibor Moskva va Toshkent o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlik masalalari hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikka qaratiladi.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar