AsosiyDunyo

AQSHda samolyot quyon sababli yonib ketdi

United Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 samolyoti Denverdan Kanadaga yo‘l olgan chog‘ida motorda yong‘in chiqqani sabab majburiy qo‘nishni amalga oshirdi.

'AQSHda samolyot quyon sababli yonib ketdi'ning rasmi

United Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 samolyoti Denverdan Kanadaga yo‘l olgan chog‘ida motorda yong‘in chiqqani sabab majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Ekspertlarning aniqlik kiritishicha, ushbu voqea quyonning samolyot turbinasiga kirib qolishi bilan bog‘liq.

United aviakompaniyasining 2325-reysi yakshanba kuni Denverdan Kanadadagi Edmonton shahriga 153 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bilan uchib chiqqan edi.

AQSHning FAM (Federal aviatsiya ma’muriyati) ma’lumotiga ko‘ra, ekipaj uchish vaqtida hayvonga urilib ketganini xabar qilgan. Qaysi hayvon ekani aniq aytilmagan, biroq voqea vaqtida yo‘lakda qo‘ylari bilan birga quyonlar yugurib yurgani qayd etilgan.

"Yo‘lakda quyonlar faolligiga ehtiyot bo‘ling", — deb boshqa uchuvchilarni ogohlantirgan dispetcher. "Quyon yugurib ketayotgani... sizning uchish yo‘nalishingizga qarab ketayapti."

"Ehtimol, uni bosib o‘tgandirmiz", — deb aytgan United’ning boshqa uchuvchisi dispetcherga.

"Biz ulardan kattaroqmiz-ku", — deb hazil qilgan Frontier aviakompaniyasi uchuvchisi.

Biroq United 2325 uchun bu hazil emasdi. "Qanotimizda yong‘in chiqqani haqida xabar oldik", — deb aytgan United 2325 reysi uchuvchisi favqulodda holat e’lon qilib, aeroportga qaytish va aylanib kelish rejasini bayon etgan.

Denver aeroporti jamoatchilik bilan aloqa bo‘yicha mas’uli Keylen Villagrananing CNN’ga aytishicha, yong‘in mashinalari odatiy tartibda chaqirilgan.

Samolyot keyinroq xavfsiz ravishda joyiga qaytib, yo‘lovchilar boshqa samolyotga o‘tkazildi va ular Edmontonga uchib ketishdi.

FAMning yovvoyi tabiat bilan to‘qnashuvlar ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, o‘tgan yili Denver xalqaro aeroportida samolyotlar 800 marotaba hayvonlarga urilib ketgan. Bu to‘qnashuvlarning ko‘p qismi qushlar bilan sodir bo‘lgan. Shuningdek, ba’zi hollarda samolyotlar itlar, kalamush, echkiemar va quyonlarga ham urilib ketgan.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar