AsosiyDunyo

Rossiya Xarkovga raketalar bilan hujum qildi

Hujum ortidan 1 kishi halok bo‘lgan, 54 kishi esa yaralangan.

'Rossiya Xarkovga raketalar bilan hujum qildi'ning rasmi

Bugun, 18-aprel kuni Rossiya Ukrainaning Xarkov shahriga raketa bilan hujum qildi. Bu haqda “DW” ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, zarbalar kassetali ballistik raketalar bilan berilgan. Shu sababdan hudud maydonlariga katta shikast yetgan. To‘rtta raketa zarbasi oqibatida 20 dan ortiq ko‘p qavatli uylar va 30 dan ortiq shaxsiy hovlilar zarar ko‘rgan.

Xarkov OVA rahbari Oleg Sinegubovning yozishicha, Rossiya raketa zarbasi shaharning aholi zich joylashgan Osnovyan tumani bo‘ylab amalga oshirilgan. Shahar shifoxonalariga 13 kishi yotqizilgan, ulardan ikki nafari bolalar. 4 kishi og‘ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar