Qayd etilishicha, Buxoro shahrida joylashgan xususiy klinikada tibbiy muolaja olgan 11 yoshli bola vafot etganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi hamda mas’ul shaxslarning xatti-harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Tekshirish davom etmoqda, deyiladi xabarda.