AsosiyDunyo

AQSHda samolyot daryoga qulab tushdi

Oqibatda 3 kishi halok bo‘lgan.

'AQSHda samolyot daryoga qulab tushdi'ning rasmi

AQSHning Nebraska shtatida kichik samolyotning Platte daryosiga qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqida mahalliy politsiya bayonotida xabar berildi, deya yozmoqda "Zamon.uz". 

Fojia Fremont shahri yaqinida yuz bergan. Samolyot qulagan vaqtda bortda bo‘lgan uch kishi halok bo‘lgan. Ularning shaxsi hozircha oshkor etilmagan.

Voqea sabablari hali aniqlanmagan. Hodisani tergov qilish uchun Federal aviatsiya ma’muriyati (FAA) va Milliy transport xavfsizligi kengashi (NTSB) ishga kirishgan.

    Boshqa yangiliklar