2025-yilning 19-mart kun AQSHning Illinoys shtatida samolyot qulab tushdi. Bu haqda “The New York Times” ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, samolyot ochiq maydonga qulab tushgan. Bortdagilarning barchasi, ya’ni to‘rt kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Samolyot, bir dvigatelli Cessna 180 hisoblanadi, barcha yo‘lovchilar Viskonsin shtati Menomoni shahridan bo‘lgan.
AQSH Transport xavfsizligi milliy kengashining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot qulash paytida elektr uzatish liniyalariga tegib ketgan.
Hodisa sabablari bo‘yicha tergov olib borilmoqda. Cessna 180 ko‘pincha Skywagon nomi bilan tanilgan. Bu samolyot asosan 4 yoki 5 kishini tashishga mo‘ljallangan va yo‘lovchi tashish, yuk tashish, shuningdek, havodan kuzatuv va parvoz mashg‘ulotlarida keng qo‘llanilgan.