AsosiyJamiyat

Kimyo sanoati diversifikatsiya qilinadi

Prezident kimyo sanoatidagi loyihalar ijrosi va tarmoqni diversifikatsiya qilish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

'Kimyo sanoati diversifikatsiya qilinadi'ning rasmi

Qayd o‘tilishicha, islohotlar natijasida tarmoqda bozor tamoyillari joriy etilib, investitsiyalarga keng yo‘l ochildi. Ishlab chiqarish zanjirini kengaytirish uchun Navoiy, Farg‘ona, Qo‘ng‘irotda 3 ta kimyoviy klaster, Chirchiq va Jizzaxda 2 ta texnopark tashkil etildi. Qo‘qon superfosfat zavodi to‘liq modernizatsiya qilindi.

So‘nggi besh yilda 23 ta yangi korxona ochilib, 4 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi. Tarmoqqa xalqaro brendlar kirib keldi, kichik tonnajli mahsulotlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Bularning samarasida kimyo sanoatida ishlab chiqarish 1,5 barobar o‘sdi.

Taqdimotda mutasaddilar bu yilgi ishlar va rejalar to‘g‘risida hisobot berdi.

Qayd etilganidek, joriy yil birinchi chorakda tarmoqda 181 million dollarlik investitsiya o‘zlashtirilgan, 39 million dollarlik 3 ta loyiha ishga tushirilgan.

Endi ikkinchi chorakda 170 million dollarlik xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish hisobidan “yashil” vodorod va sian tuzlari korxonalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Raqamlashtirish jarayoni davom ettirilib, tarmoqning hamkor sohalar bilan integratsiyasi kengaytiriladi. Kimyo zavodlarining yagona g‘aznachilik tizimida qo‘shimcha modullar ochiladi. “Yagona raqamli platforma” yakuniga yetkazilib, korxonalarning 15 ta iqtisodiy ko‘rsatkichlari aks ettiriladi.

Yana bir muhim vazifa – energiya samaradorlik. Energiyani tejash hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish orqali tannarxni kamaytirish zarurligi ta’kidlandi. 

Sohada hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi. Jadal rivojlanayotgan ichki bozorda mahsulotlarga talab ortayapti. Jahon bozoridagi nobarqaror sharoit ham yangi vazifalar qo‘ymoqda.

Shu bois tarmoqni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish, mahalliylashtirish va qo‘shilgan qiymatni oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Mutasaddilarga hozirgi zamon talablari va kelgusi iqtisodiy prognozlar asosida kimyo sanoatini rivojlantirish bo‘yicha yangi dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Bunda yangi yo‘nalishlarni o‘zlashtirish orqali tarmoqni diversifikatsiya qilish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida ahamiyat qaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Maktab o‘quvchilariga oltin va kumush medal berish shartlari qanday?'ning rasmi

    Jamiyat 22.04.2025 22:02

    Maktab o‘quvchilariga oltin va kumush medal berish shartlari qanday?

    Bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi bilan tanishing.

    'Qo‘qonda shifokorlarni noqonuniy ishga jalb qilgan rahbar jazolandi'ning rasmi

    Jamiyat 22.04.2025 18:36

    Qo‘qonda shifokorlarni noqonuniy ishga jalb qilgan rahbar jazolandi

    Shifokorlari dam olish kunlari hujjatlashtirilmasdan va haq to‘lanmasdan ishga jalb qilingan.

    'Ikkilamchi avtomobil bozorida narxlar yanada arzonlashib boryapti'ning rasmi

    Jamiyat 22.04.2025 18:30

    Ikkilamchi avtomobil bozorida narxlar yanada arzonlashib boryapti

    Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan 2025 yilning mart oyida ikkilamchi bozorda avtomobillar narxining o‘zgarishi tahlil qilindi.

    'Haj va Umra safarlari uchun yagona portal yaratiladi'ning rasmi

    Jamiyat 22.04.2025 08:42

    Haj va Umra safarlari uchun yagona portal yaratiladi

    Ushbu tizim orqali haj va umra safarlarini tashkil qilish jarayonlari to‘liq raqamlashtiriladi.

    'Barcha davlat xizmatlarini aholining o‘zi baholaydigan tizim joriy etiladi'ning rasmi

    Jamiyat 21.04.2025 21:30

    Barcha davlat xizmatlarini aholining o‘zi baholaydigan tizim joriy etiladi

    Aholi “qoniqarsiz” deb baholangan rahbarlar hamda hokimlar shaxsiy javobgarligi belgilanadi.