AsosiyJamiyat

Ikkilamchi avtomobil bozorida narxlar yanada arzonlashib boryapti

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan 2025 yilning mart oyida ikkilamchi bozorda avtomobillar narxining o‘zgarishi tahlil qilindi.

'Ikkilamchi avtomobil bozorida narxlar yanada arzonlashib boryapti'ning rasmi

Mahalliy ommabop avtomobillar narxi.

Joriy yilning mart oyida mahalliy ommabop avtomobillarning o‘rtacha narxi pasayishda davom etib, yanvar oyidagiga nisbatan quyidagicha arzonlashdi:

«Onix»: ko‘p foydalanilgani $1000 ga ($13 172 dan $12 170 ga), kam foydalanilgani $400 ga ($14 900 dan $14 500 ga);

«Lacetti»: ko‘p foydalanilgani $300 ga ($13 500 dan $13 200 ga), o‘rtacha foydalanilgani $200 ga ($14 500 dan $14 300 ga), kam foydalanilgani $150 ga ($15 000 dan $14 850 ga)

«Cobalt»: o‘rtacha foydalanilgani $339 ga ($12 339 dan $12 000 ga), ko‘p foydalanilgani $100 ga ($11 600 dan $11 500 ga), kam foydalanilgani $70 ga ($12 750 dan $12 680 ga);

«Nexia»: o‘rtacha foydalanilgani $600 ga ($11 500 dan $10 900 ga); ko‘p foydalanilgani $284 ga ($10 784 dan $10 500 ga);

«Spark»: o‘rtacha foydalanilgani $100 ga ($10 500 dan $10 400 ga), ko‘p foydalanilgani $100 ga ($9 600 dan $9 500 ga);

«Damas»: o‘rtacha foydalanilgani $134 ga ($8 000 dan $7 866 ga), kam foydalanilgani $61 ga ($8 061 dan $8 000 ga) arzonlashgan.

Mahalliy luks avtomobillar narxi.

Mahalliy luks avtomobillar narxi yanvar oyidagiga nisbatan quyidagicha o‘zgargan:

«Equinox»: kam foydalanilgani $2400 ga ($35 500 dan $33 100 ga), o‘rtacha foydalanilgani $1000 ga ($31 000 dan $30 000 ga), ko‘p foydalanilgani $466 ga ($27 300 dan $26 834 ga);

«Malibu»: kam foydalanilgani $313 ga ($32 313 dan $32 000 ga);

«Tracker»: ko‘p foydalanilgani $723 ga ($16 923 dan $16 200 ga), o‘rtacha foydalanilgani $382 ga ($17 882 dan $17 500 ga) arzonlashgan.

Shunigdek, o‘rtacha foydalanilgan «Malibu» narxi $150 ga ($29 150 dan $29 300 ga) oshgan bo‘lsa, ko‘p foydalanilgan «Malibu» ($26 000) va kam foydalanilgan «Tracker» ($18 000) narxida o‘zgarish kuzatilmagan.

Elektromobillar narxi.

Mazkur davrda yangi va o‘rtacha foydalanilgan elektromobillar narxining tushishi tezlashdi. Xususan:

BYD «E2»: yangisi $800 ga ($16 800 dan $16 000 ga),

BYD «Han»: o‘rtacha foydalanilgani $1100 ga ($35 000 dan $33 900 ga), yangisi $650 ga ($32 150 dan $31 500 ga);

BYD «Song Plus DM-i Champion»: o‘rtacha foydalanilgani $1200 ga ($25 500 dan $24 300 ga), yangisi $600 ga ($28 200 dan $27 600 ga);

BYD «Song Plus EV Champion»: yangisi $675 ga ($28 000 dan $27 325 ga), o‘rtacha foydalanilgani $500 ga ($26 000 dan $25 500 ga);

BYD «Yuan Up»: yangisi $200 ga ($20 800 dan $20 600 ga, o‘rtacha foydalanilgani $225 ga ($19 000 dan $18 775 ga) arzonlashgan.

Xorijiy avtomobillar narxi.

Joriy yilning mart oyida yanvar oyiga nisbatan xorijiy avtomobillardan Kia «Sportage», «K5», «Sorento» va «Seltos»ning narxlari boshqa avtomobillar narxlariga nisbatan sezilarli darajada arzonlashdi. Xususan:

Kia «Sorento»: ko‘p foydalanilgani $3000 ga ($38 000 dan $35 000 ga), kam foydalanilgani $3000 ga ($47 500 dan $44 500 ga);

Kia «Sportage»: kam foydalanilgani $1750 ga ($31 750 dan $30 000 ga), ko‘p foydalanilgani $1233 ga ($29 733 dan $28 500 ga), o‘rtacha foydalanilgani $678 ga ($31 178 dan $30 500 ga),

Kia «K5»: o‘rtacha foydalanilgani $1200 ga ($27 500 dan $26 300 ga), ko‘p foydalanilgani $900 ga ($26 000 dan $25 100 ga),

Kia «Seltos»: o‘rtacha foydalanilgani $1350 ga ($26 000 dan $24 650 ga), ko‘p foydalanilgani $500 ga ($24 000 dan $23 500 ga), kam foydalanilgani $550 ga ($25 800 dan $25 250 ga) arzonlashdi.

    Boshqa yangiliklar