O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqanddagi "Motamsaro ona" yodgorligiga gul qo‘yish paytida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratgan.
U yodgorlikda halok bo‘lgan jangchilarga atalgan xotira so‘zlari faqat ingliz tiliga tarjima qilinganidan hayratga tushgan.
"Qarasam, inglizcha yozuv bor, ruschasini ko‘rmayapman. Ona - bu eng muqaddas," - degan Lavrov ekskursovodga (TASSdan iqtibos).
Rossiya TIV matbuot xizmati gul qo‘yish marosimidan bir qator fotosuratlarni e’lon qildi.