AsosiyDunyo

Yopilgan darvoza, to‘xtagan daryo: Hindiston Pokistonga javob berdi

Javob siyosiy emas – geosiyosiy tus oldi. Yopilgan chegaraning narigi tomonida esa xavotirli sukunat turibdi…

'Yopilgan darvoza, to‘xtagan daryo: Hindiston Pokistonga javob berdi'ning rasmi

Yaqinda Janubiy Kashmirda yuz bergan qonli hujum — 20 dan ortiq insonning hayotiga zomin bo‘lgan portlash Hindiston tashqi siyosatida keskin burilishga sabab bo‘ldi.

Javob uzoq kutilmadi. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot anjumanida e’lon qilingan chora-tadbirlar — nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik muvozanatni, balki butun mintaqaviy xavfsizlik arxitekturasini larzaga soldi.Bu faqat chegarani yopish emas. Bu — suv oqimini to‘xtatish.

Attari – urf-odat, xavfsizlik va aloqaning yakka darvozasi

Attari integratsiyalashgan nazorat-o‘tkazish punktining yopilishi — bu oddiy chegara chizig‘ining to‘silishi emas. Bu — ajralib qolgan oilalar, savdo-sotiq, va hatto madaniy almashinuv uchun yagona “tirik” yo‘lning yopilishi. Hindiston fuqarolari uchun — bu xavfsizlik. Pokiston uchun esa — qamaldagi sukunat.

Ammo bu vaqtinchalik emas. Rasmiy bayonotda aytilishicha, Pokiston fuqarolari agar hujjatlari yaroqli bo‘lsa, 2025-yil 1-maygacha Hindistonni tark etishlari mumkin xolos.

Suv – geosiyosatning eng og‘ir vositasi

Ko‘plab ekspertlar yillar davomida aytib keladi: 21-asrda urushlar neft uchun emas, suv uchun bo‘ladi. 1960-yilgi Ind daryosi bo‘yicha tuzilgan bitim — Hindiston-Pokiston aloqalarida garchi fon bo‘lib ko‘rinsa-da, amalda o‘zaro ishonchning tayanchi edi. Endi esa u to‘xtatildi.

Ind daryosi — Pokistonning asosiy suv manbasi. Hindiston esa bu daryo bo‘yicha yirik nazoratga ega. Bitim bekor qilinishi, suv xavfsizligi masalasini yana kun tartibining yuqori pog‘onasiga olib chiqmoqda. Bu endi ekologik xavf ham, strategik xavf ham.

Vizalar bekor qilindi

Hindiston SAARC doirasidagi vizasiz rejimni to‘xtatdi. SPES vizalari – mutlaqo nollashtirildi. Ayni damda Hindistonda SPES asosida bo‘layotgan Pokiston fuqarolari 48 soat ichida mamlakatni tark etishi kerak.

Bu ham oddiy ma’muriy qaror emas. Bu — qat’iy signal. Terrorchilikka har qanday bahona bilan loqayd qaralmasligini bildiruvchi siyosiy ogohlantirish.

Diplomatlar ketmoqda. Diplomatiya ham?

Hindiston Pokistonning Dehlidagi Oliy komissiyasi tarkibidagi mudofaa, aviatsiya va flot maslahatchilarini persona non grata deb e’lon qildi. Islomobaddagi Hindiston Oliy komissiyasidagi xuddi shu turdagi maslahatchilar esa ortga chaqirib olindi.

Bu degani – harbiy masalalardagi diplomatik muloqot – muzlatildi. Bu aloqalar tiklanmaguncha, mintaqadagi har qanday xavfsizlik inqirozi — bevosita xavfga aylanishi mumkin.

Kim yutdi?

Hindiston qattiq javob berdi. Pokiston esa hali rasman javob bermadi. Mintaqa esa yana bir bor keskinlik doirasiga kirib bormoqda.

Ammo bu vaziyatda eng katta savol shuki: Hindiston yutdimi? Yoki Pokiston yutkazdimi? Balki… mintaqaning o‘zi yutqazayotgandir?

Yopilgan darvoza faqat qog‘ozdagi rasmiyatchilik emas. Bu — xalqning qalbiga yopilgan eshik. Ochilishi esa, endi ancha murakkab bo‘lishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:54

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:32

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:27

    'Turkiyada zilzila vaqtida qo‘rquv sabab 151 kishi balandlikdan sakragan'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:19

    Turkiyada zilzila vaqtida qo‘rquv sabab 151 kishi balandlikdan sakragan

    Istanbul sohili yaqinida 6,2 ballik zilzila sodir bo‘ldi, natijada Turkiya megapolisida vahima yuzaga keldi, deb xabar berdi rasmiylar.

    'Ukraina G‘arb bilan kelishuv izlamoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:05

    Ukraina G‘arb bilan kelishuv izlamoqda

    Londonda Ukraina hukumat vakili Britaniya, Fransiya va Germaniya vakillari bilan uchrashdi.

    '“Tesla” foydasi “qulab tushdi”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:01

    “Tesla” foydasi “qulab tushdi”

    Buning ortidan Mask Trampga hukumat ishlariga kamroq vaqt ajratishini aytdi