Toshkentda 18 yoshli qiz sevgan yigiti tomonidan kaltaklangani aytilgan video ijtimoiy tarmoqlardatarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, videoda aks etgan holat joriy yilning 14 aprel kuni soat 11:50 atrofida Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida sodir bo‘lgan.
2003 yilda tug‘ilgan S.A. o‘zining tanishi bo‘lgan 2006 yilda tug‘ilgan A.J. bilan kelishmovchilik oqibatida tortishib qolganligi sababli unga kuch ishlatgan.
Janjal vaqtida S.A. qizga tan jarohati yetkazgan va buning natijasida jabrlanuvchi shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan JKning 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.