AsosiyJamiyat

Turkiyadagi yong‘inda 19 yoshli o‘zbekistonlik yigit vafot etdi

Yong‘in uning ijaradagi uyida sodir bo‘lgan.

'Turkiyadagi yong‘inda 19 yoshli o‘zbekistonlik yigit vafot etdi'ning rasmi

Turkiyaning Istanbul shahri Kadikoy tumanida 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ijarada turgan uyida chiqqan yong‘in sabab vafot etdi. Bu haqda mamlakatning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar qildi.

Marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish bilan bog‘liq barcha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan to‘liq qoplab berildi.

Shu o‘rinda, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim shaxslar tomonidan marhumni O‘zbekistonga yuborish uchun yordam puli yig‘ilayotgani haqidagi yolg‘on va asossiz ma’lumotlar tarqatilmoqda. Konsulxona fuqarolarimizni bu kabi noto‘g‘ri xabarlarga ishonmaslikka va rasmiy manbalarga tayanishga chaqiradi.

Fursatdan foydalanib, Bosh konsulxona kuni kecha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 252-sonli "O‘zbekiston fuqarolarini xorijda tashkil etilgan tartibda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qaroriga muvofiq, endilikda chet elda bo‘lgan davrida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadini Vatanga qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar davlat tomonidan qoplanishini ma’lum qiladi.

Diplomatik idora, shuningdek, chet elda bo‘lgan davrida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadini vatanga qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar davlat tomonidan qoplanishini eslatib o‘tdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:12

    Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi

    Hodisa kecha tunda Yashnobod tumanida sodir bo'lgan.

    'Bugun respublikada yog'ingarchiliksiz, biroz iliq havo harorati hukmron bo'ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:16

    Bugun respublikada yog'ingarchiliksiz, biroz iliq havo harorati hukmron bo'ladi

    "O'zgidromet" 23 noyabr kungi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Namanganda qoidabuzar haydovchini toʻxtatishga uringan YPX xodimi vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 19:59

    Namanganda qoidabuzar haydovchini toʻxtatishga uringan YPX xodimi vafot etdi

    Onix haydovchisi xodimning toʻxtash ishorasiga boʻysunmay, tezlikni oshirgan va YPX xodimini mashinada urib ketgan.

    '1 dekabrdan AI-80 benzini sotuvdan olib tashlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 18:55

    1 dekabrdan AI-80 benzini sotuvdan olib tashlanadi

    Poytaxt va uning atrofidagi issiqxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta'minlash bo‘yicha bir qator takliflar ishlab chiqiladi. Prezident qarori bilan yangi choralar e’lon qilindi.

    'Rossiyadan noqonuniy olib kirilayotgan 2 mlrd soʻmlik tibbiy buyum va dorilar chegaradan oʻtolmadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 14:33

    Rossiyadan noqonuniy olib kirilayotgan 2 mlrd soʻmlik tibbiy buyum va dorilar chegaradan oʻtolmadi

    "Volgograd-Toshkent" yo'nalishida harakatlanib kelayotgan poezd Qoraqalpog'istonda tekshirilganda 2 ta vagonda noqonuniy tibbiy buyum va dorilar borligi aniqlandi.

    'Andijonda IIO xodimi xizmat uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 13:32

    Andijonda IIO xodimi xizmat uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi

    Uyda uning yonida 2 nafar farzandi bo'lgan. Farzandlaridan biri ham zaharlanish oqibatida vafot etgan. Ikkinchisi shifoxonada davolanmoqda.