AsosiyJamiyat

Rossiyadagi qurilish joyidan o‘zbekistonlik betonchining jasadi topildi

Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari boshlangan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

'Rossiyadagi qurilish joyidan o‘zbekistonlik betonchining jasadi topildi'ning rasmi

Rossiyaning Kemerovo shahri markazida qurilayotgan madaniy klaster hududidan 46 yoshli o‘zbekistonlik erkakning jasadi topildi. Bu haqda 25 aprel kuni Kuzbass viloyati Tergov qo‘mitasiga tayanib, NGS42 xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak 15 metr balandlikdan tushib ketishi oqibatida voqea joyida vafot etgan. Nashr manbasiga ko‘ra, halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi taxminan uch hafta oldin 46 yoshni qarshi olgan.

“Prezident Vladimir Putin tashabbusi bilan bunyod etilayotgan madaniy klaster qurilishini olib borayotgan “Stroytransgaz” kompaniyalar guruhi matbuot xizmati ham hodisa yuz berganini tasdiqlab, halok bo‘lgan shaxs betonchi bo‘lib ishlaganiga aniqlik kiritdi”, deyiladi xabarda.

Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari boshlangan, hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:24

    'Dollar kursi yana oshdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:21

    Dollar kursi yana oshdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19 martda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

    'O‘zbekiston Afg‘on xalqiga insonparvarlik ko‘magi jo‘natdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:49

    O‘zbekiston Afg‘on xalqiga insonparvarlik ko‘magi jo‘natdi

    Ushbu koʻmak prezident topshirigi asosida amalga oshirilgan.

    'Эрон Тель-Авив марказидаги темир йўл станциясига ракета зарбаси берди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:02

    Эрон Тель-Авив марказидаги темир йўл станциясига ракета зарбаси берди

    Bugun, 18 mart kuni Eron tomonidan amalga oshirilgan hujum oqibatida Tel-Avivdagi “Savidor” temir yo‘l stansiyasida shikastlar yuz berdi.

    'Prezident Samarqandda zamonaviy elektrobuslar va avtosaroyni ko‘zdan kechirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:39

    Prezident Samarqandda zamonaviy elektrobuslar va avtosaroyni ko‘zdan kechirdi

    Shuningdek, davlat rahbari shaharning Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida barpo etilgan tunnelni ham ko‘zdan kechirdi.

    'Senegal chempionlikdan mahrum etilgan qaror ustidan CAS'ga shikoyat qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:25

    Senegal chempionlikdan mahrum etilgan qaror ustidan CAS'ga shikoyat qildi

    Afrika kubogida chempionlikdan mahrum etilgan Senegal futbol federatsiyasi qarorni adolatsiz deb baholab, xalqaro sudga murojaat qildi.