O‘zbekiston hududi bo‘yicha may oyi birinchi o‘n kunligining katta qismida asosan juda iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo 1-2 mayda 28-30 darajagacha isiydi, 3-7 mayda 34-37 darajagacha ko‘tariladi.
1-2 may kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Respublikaning qolgan hududlarida 1-7 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Birinchi o‘n kunlikning oxirida harorat foni biroz pasayadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Keyinchalik, may oyining oxirigacha, harorat kechalari 17-22 darajadan 10-15 darajagacha, kunduz kunlari 32-37 darajadan 25-30 darajagacha o‘zgarib turadi.
Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlarida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘adi, ba’zi joylarda jala xususiyatga ega bo‘lgan mahalliy yomg‘irlar yog‘adi. Hatto bir shahar doirasida ham may oyi yomg‘irlari bir hududda kuchli yomg‘ir yog‘ishi va shaharning boshqa chekkasida esa u deyarli sezilmasligi mumkin.
2025 yil may oyida o‘rtacha oylik harorat iqlimiy me’yor atrofida, ba’zi joylarda undan 1-2 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda.