AsosiyDunyo

KXDR Rossiyaga 15 mingga yaqin migrantini yubordi

2024-yilda Rossiyaga kirib kelgan shimoliy koreyaliklar soni o‘tgan yilga nisbatan 12 barobarga oshgan.

'KXDR Rossiyaga 15 mingga yaqin migrantini yubordi'ning rasmi

Janubiy Koreya razvedkasi KXDR yetakchisi Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yana bir “sovg‘a” yuborganini ma’lum qilgan. Avvalroq qurol va harbiy kuch bilan yordam bergan Pxenyan endilikda Rossiyaga mehnat migrantlarini ham yubormoqda.

Shimoliy Koreyadan 15 mingga yaqin ishchi Rossiyaga jo‘natilgan. Ulardan ko‘pchiligi mamlakatga talabalar vizasi bilan kirgan. Ishchilar asosan Rossiyaning Uzoq Sharq hududlarida ishlamoqda. Shu bilan birga, mahalliy biznes vakillari va rasmiylar yaqin orada shimoliy koreyalik ishchilar Moskvaga va boshqa yirik shaharlarga ham kelishidan umidvor.

Ish beruvchilar ularni past ish haqi evaziga har kuni 12 soatlab e’tirozsiz ishlashga tayyorligi sababli qadrlashini bildirgan.

WSJ manbasiga ko‘ra, 2024-yilda Rossiyaga kirib kelgan shimoliy koreyaliklar soni o‘tgan yilga nisbatan 12 barobarga oshgan. Bu esa BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan belgilangan sanksiyalarga zid bo‘lib, Pxenyan mehnat migrantlarini xorijda ishlatishni taqiqlagan. Shunga qaramay, Rossiya va Xitoy ushbu cheklovlarni bir necha bor buzgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiya Ukrainaga dronlar bilan hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:28

    Rossiya Ukrainaga dronlar bilan hujum qildi

    Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya qo‘shinlari Xarkov shahrini nishonga olgan.

    'Suriya prezidenti Fransiyaga boradi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:47

    Suriya prezidenti Fransiyaga boradi

    Joriy yilning 5-fevral kuni telefon orqali muloqot chog‘ida prezident Makron suriyalik hamkasbini yaqin haftalarda Fransiyaga tashrif buyurishni rasman taklif qilgan edi.

    'Olof Sholts lavozimdan ketdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:51

    Olof Sholts lavozimdan ketdi

    Uning o‘rnini Fridrix Merts egalladi

    'Dog‘istonda noma’lum shaxslar yo‘l patrul xizmati xodimlariga o‘q uzdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:16

    Dog‘istonda noma’lum shaxslar yo‘l patrul xizmati xodimlariga o‘q uzdi

    Mahalliy OAVga ko‘ra, hodisa shaharning shimolidagi Tagirov ko‘chasida yuz bergan.

    'Ilon Mask ko‘rishni tiklaydigan chip ustida ishlamoqda'ning rasmi

    Dunyo 05.05.2025 22:28

    Ilon Mask ko‘rishni tiklaydigan chip ustida ishlamoqda

    Neuralink insoniyat uchun yangi davrni boshlab bermoqda.

    'Eron AQSH bazalariga zarba berishi haqida ogohlantirdi'ning rasmi

    Dunyo 05.05.2025 17:52

    Eron AQSH bazalariga zarba berishi haqida ogohlantirdi

    Eron va AQSH 12 apreldan beri yadroviy muzokaralar olib bormoqda.