AsosiyJinoyat

Uch viloyatda 953 mln so‘mlik elektr o‘g‘irlangani ochiqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda .

'Uch viloyatda 953 mln so‘mlik elektr o‘g‘irlangani ochiqlandi'ning rasmi

Chust, Xo‘jaobod va Oltinko‘l tumanlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Chust tumanida “A.T.” MCHJ rahbari A.T. chorvachilikka moslashgan binosida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 481,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi Xo‘jaobod tumanida “B.Ch.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari “Jahonobod” MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 317,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari fosh etildi.

Oltinko‘l tumanida esa “P.N.” MCHJ rahbari N.R. “Jalabek” MFY hududidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 154,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat Bugun 08:42

    Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    'Toshkent hamda Namanganda noqonuniy energiya ishlatilgani fosh bo‘ldi'ning rasmi

    Jinoyat 05.05.2025 09:14

    Toshkent hamda Namanganda noqonuniy energiya ishlatilgani fosh bo‘ldi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    'Andijonda 213 million so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlandi'ning rasmi

    Jinoyat 02.05.2025 12:47

    Andijonda 213 million so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlandi

    Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘ta yirik miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    'Surxondaryoda YPH xodimi ayollar tomonidan kaltaklandi'ning rasmi

    Jinoyat 02.05.2025 09:35

    Surxondaryoda YPH xodimi ayollar tomonidan kaltaklandi

    Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQSHga yubormoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 01.05.2025 09:13

    Fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQSHga yubormoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

    DXX tomonidan xorijga noqonuniy yo‘llar orqali chiqish niyatida bo‘lgan fuqarolarni aldab, katta miqdorda pul undirishga uringan shaxslar fosh etildi.

    'Farg‘ona bozorida 77 yoshli keksa qarindoshi tomonidan kaltaklandi'ning rasmi

    Jinoyat 30.04.2025 09:05

    Farg‘ona bozorida 77 yoshli keksa qarindoshi tomonidan kaltaklandi

    “Mushtimzo‘r” qarindosh xatti-harakati uchun 17 mln so‘m jarima to‘ladi