AsosiyDunyo

AQSH 2026-yilda Oyni o‘zlashtirishga 7 milliard dollar sarflamoqchi

Tramp-Vans ma’muriyati 2026-moliyaviy yil uchun NASA byudjeti yuzasidan asosiy yo‘nalishlarni e’lon qildi. AQSH 2026-yilda Oyni o‘zlashtirishga 7 milliard dollar sarmoya kiritadi.

'AQSH 2026-yilda Oyni o‘zlashtirishga 7 milliard dollar sarflamoqchi'ning rasmi

NASA vakillarining ta’kidlashicha, ushbu mablag‘lar Oy va Marsni o‘rganish jarayonini tezlashtiradi hamda amalga oshirilishi rejalashtirilgan odam parvozi orqali ilm-fan va texnologiyalar ustuvorligini saqlab qolishga xizmat qiladi.

Ajratilgan umumiy mablag‘dan 1 milliard dollar Marsni o‘rganish bilan bog‘liq dasturlarga yo‘naltiriladi.

Tramp-Vans ma’muriyati 2026-moliyaviy yil uchun Prezident byudjeti yuzasidan asosiy yo‘nalishlarni taqdim etdi. Byudjet Oy va Marsni inson orqali tadqiq etishni jadallashtirishga qaratilgan bo‘lib, moliyaviy jihatdan mas’uliyatli ekspeditsiyalar portfelini nazarda tutadi.

«Bu taklif, bir vaqtning o‘zida, Oy va Marsni o‘rganish davom ettirilar ekan, muhim ilmiy va texnologik tadqiqotlarga ham ustuvor ahamiyat beruvchi sarmoyalarni o‘z ichiga oladi», dedi NASAning vaqtincha rahbari Janet Petro. «Men Prezidentning NASA vazifalariga ko‘rsatayotgan doimiy qo‘llab-quvvatlovini yuksak baholayman va ma’muriyat hamda Kongress bilan yaqin hamkorlikda ishlashni sabrsizlik bilan kutaman».

Byudjetda nazarda tutilgan asosiy yo‘nalishlar orasida - Xitoydan oldin Oyga qaytish va amerikalikni Marsga jo‘natish ham ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lmagan loyihalar, jumladan Mars Sample Return tugatiladi.

Shuningdek, Xalqaro fazo stansiyasiga (XFS) xususiy parvozlarga o‘tish davom ettiriladi — 2030-yilga qadar XFSdagi ekipaj soni kamaytiriladi va tadqiqotlar Oy va Marsni tadqiq qilishga yo‘naltiriladi.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar