Bugun, 11 may kuni Toshkent vaqti bilan 03:03 da Namangan va Andijon viloyatida 3,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Paxtaobod tumani 2-3 ball, 15 km;
Izboskan tumani 2 ball, 20 km;
Uchqo‘rg‘on tumani 2 ball, 21 km.
Ma’lum qilinishicha, epimarkazda sezilish kuchi: 4 ballni tashkil etgan.
Zilzila epimarkazi Toshkentdan 263 km janubiy-sharqda joylashgan.
Magnituda: 3,1. Chuqurligi: 5 km. Epimarkaz: Qirg‘iziston Respublikasi, Jalolobod.