AsosiyDunyo

Ukraina ilk F-16 qiruvchisidan ayrildi

Samolyot Rossiya hujumiga qarshi havo jangida aloqa uzilib, qulab tushgan.

'Ukraina ilk F-16 qiruvchisidan ayrildi'ning rasmi

Ukraina armiyasi safida yaqinda paydo bo‘lgan F-16 qiruvchi samolyoti ilk jangda yo‘qotildi. Samolyot Rossiya hujumiga qarshi havo jangida aloqa uzilib, qulab tushgan. Uchuvchi esa qutqarib qolindi.

Ukraina Qurolli kuchlari havo kuchlari 16-mayga o‘tar kechasi F-16 qiruvchisi bilan aloqa uzilganini ma’lum qildi. Samolyot Rossiya armiyasining navbatdagi hujumini qaytarish vazifasini bajarayotgan bo‘lgan.

Ukraina harbiylariga ko‘ra, uchuvchi havoda uchta nishonni yo‘q qilgan, to‘rtinchisi bilan to‘qnashuvda esa bortda texnik muammo yuzaga kelgan. Uchuvchi shoshilinch tarzda samolyotni aholi yashash punktidan chetroqqa yo‘naltirgan va muvaffaqiyatli katapulta qilgan.

U harbiylar tomonidan tezda topilib, xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan. Rasmiylarga ko‘ra, uchuvchining hayoti xavf ostida emas, sog‘lig‘i barqaror.

Mazkur F-16 samolyotlari AQSh va NATO hamkorligida Ukrainaga yetkazilgan eng ilg‘or texnikalardan biri sanaladi. Ular Rossiya harbiy kuchlariga qarshi havodagi ustunlikni qo‘lga kiritish maqsadida Ukrainaga topshirilgan edi.

Bu holat F-16’larning ilk jangovar yo‘qotilishi sifatida qayd etilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:08

    Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi

    Kecha Lozannadagi qadimiy Rimga bag'ishlangan muzeyda o'g'irlik sodir etildi. Oltinlarning qiymati hozircha oshkor qilinmadi. Faqat politsiya tangalar "arxeologik qiyamatga ega"ligini aytdi.

    'Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 21:05

    Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

    Sobiq prezident bunga cha uy qamog‘ida saqlanayotgan edi.

    'Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 17:41

    Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi

    Qurollangan shaxslar maktabga bostirib kirib, 303 nafar bola va 12 nafar maktab xodimini o'g'irlab ketishgan. Bu bir haftaning ichida ikkinchi marta sodir bo'lmogda. Nigeriyada bir haftada ikki marta bolalar ommaviy o'g'irlandi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.