Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 50 yoshli erkak lift ichida voyaga yetmagan qizga shilqimlik qildi. Darakchi.uz sud hujjati bilan tanishdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu holat joriy yilning 26 aprel kuni tumandagi Aviasozlar 2-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi lift ichida sodir bo‘lgan. Erkak lift ichida voyaga yetmagan qizning tanasiga tegib, buzuq harakatlar qiladi. Jabrlanuvchi qiz 15 yoshli maktab o‘quvchisi bo‘lgan.
Bildirilishicha, huquqbuzar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41¹-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.