Joriy yilning 16-may kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida ikkita uy yonib ketdi. Bu haqda FVV ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, voqea soat 14:05 da “Yuqori Darxon” MFY Beltepa ko‘chasida bir-biriga tutash bo‘lgan 2 ta uy yonib ketgan.
Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:15 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:52 da o‘rab olingan va soat 15:03 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida uylarning taxminan 300 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.