AsosiyDunyo

Rossiya 2025-yil 30-iyundan xorijiy fuqarolarni kirishini nazorat qilish maqsadida yangi raqamli kod tizimini joriy qiladi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi va “Gosuslugi RuID” mobil ilovasi hamkorligida amalga oshiriladigan yangi tizim taqdimotida ma’lum qilindi.

'Rossiya 2025-yil 30-iyundan xorijiy fuqarolarni kirishini nazorat qilish maqsadida yangi raqamli kod tizimini joriy qiladi'ning rasmi

Rossiya Federatsiyasi Hukumati 2025-yil 30-iyundan boshlab vizasiz tartibda mamlakatga kelayotgan xorijiy fuqarolar uchun oldindan raqamli ro‘yxatdan o‘tish majburiyatini joriy qiladi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi va “Gosuslugi RuID” mobil ilovasi hamkorligida amalga oshiriladigan yangi tizim taqdimotida ma’lum qilindi.

Yangi tizim talablariga ko‘ra, Rossiyaga kelayotgan xorijiy fuqarolar Rossiya chegarachidan o‘tishdan kamida 72 soat avval “Gosuslugi RuID” ilovasi orqali shaxsiy kabinet yaratishi, ariza to‘ldirib ro‘yxatdan o‘tishi shart. Ariza qabul qilingach, migrantga unikal QR kod beriladi. Bu kod Rossiya chegara punktida nazorat-o‘tkazish organlari tomonidan skaner orqali tekshiriladi.

Xorijiy fuqaro arizasida pasport fotosuratlari va shaxsiy ma’lumotlar hamda Rossiyada bo‘lish rejasi (boshlang‘ich va tugash sanalari) ko‘rsatilishi lozim.

“Gosuslugi RuID” ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tish migrantlar uchun bepul.Ilovada ariza to‘ldirish jarayoni soddalashtirilgan va bir necha daqiqa vaqtni oladi xolos.

Favqulodda holatlarda, masalan xorijiy fuqaro yoki uning yaqin qarindoshida to‘satdan kasallik, olamdan o‘tish kabi yordamni tezkor talab qiluvchi holat yuz bersa, ro‘yxatdan o‘tishni Rossiyaga kirishdan kamida 4 soat oldin bajarish ham mumkin.

Yangi tartib ayrim toifa shaxslarga tatbiq etilmaydi. Belarus Respublikasi fuqarolari, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, viza asosida yoki vaqtincha istiqomat ruxsatnomasi (RVP) hamda doimiy yashash ruxsatnomasi (VNJ) bilan kiruvchilar shular jumlasidandir.

Yangi tashabbuskorlarining iddao qilishicha, raqamli ro‘yxatdan o‘tish mehnat migratsiyasini nazorat qilishni yaxshilaydi, xavfsizlikni oshiradi va chegaradagi navbatlarni kamaytiradi. Bu tizim — xorijiy fuqarolarni avtomatlashtirilgan ravishda kuzatish, ularning Rossiyadagi yurish-turishini tezkor monitoring qilish imkonini beradi.

Shu bilan birga, Rossiya Ichki ishlar vazirligi qoshidagi chegara xizmati rahbarlari shundan so‘ng ham tizimni takomillashtirish va fuqarolar muloqotini osonlashtirish bo‘yicha takliflar kiritish ustida ish olib borayotganini ma’lum qilishdi.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Turkiyada yonayotgan o‘rmonlar: yong‘inlar yoyilmoqda, yordam yetarlimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:21

    Turkiyada yonayotgan o‘rmonlar: yong‘inlar yoyilmoqda, yordam yetarlimi?

    "Darakchi.uz'" Turkiyada yuz berayotgan yong‘inlar tavsilotini bir joyga to‘pladi.

    'Kim Chen In Kurskda halok bo‘lgan shimoliy koreyalik askarlar jasadini tantanali kutib oldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:43

    Kim Chen In Kurskda halok bo‘lgan shimoliy koreyalik askarlar jasadini tantanali kutib oldi

    Kursk frontida 4700 dan ortiq askar halok bo‘lgani aytilmoqda.

    'Rossiya Ukrainaga qarshi yangi turdagi dronlar bilan hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:52

    Rossiya Ukrainaga qarshi yangi turdagi dronlar bilan hujum qildi

    Ushbu dronlardan biri garaj kooperativi hududiga tushgan va bir nechta avtomobilga zarar yetkazgan.

    'Ozarbayjonda “Sputnik” jurnalistlari hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:49

    Ozarbayjonda “Sputnik” jurnalistlari hibsga olindi

    Jurnalistlar FSB bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda.

    'Namanganda 65 millionlik tamaki musodara qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:45

    Namanganda 65 millionlik tamaki musodara qilindi

    Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Turkiyada o‘rmon yong‘inlari sabab 50 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:39