AsosiyDunyo

Tramp Rossiya va Ukraina urushini to‘xtashini aytdi

Qo‘shma Shtatlar rahbari Rossiya yetakchisi bilan ikki soat telefonda gaplashdi.

'Tramp Rossiya va Ukraina urushini to‘xtashini aytdi'ning rasmi

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki soatlik telefon suhbatini o‘tkazgani va bu suhbat yaxshi ruhda o‘tganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina “darhol o‘t ochishni to‘xtatish va urushni tugatish” bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi. Tramp bu shartlar urishayotgan tomonlar o‘rtasida kelishuv asosida belgilanadi, deb hisoblaydi.

U, shuningdek, Putin bilan suhbat “a’lo darajada” o‘tganini ta’kidladi va Rossiya AQSH bilan katta savdo aloqalarini yo‘lga qo‘shishni xohlashini bildirdi. Tramp bu fikrga rozi bo‘lganini aytdi.

“Ukraina ham urushdan keyingi tiklanish jarayonida savdo orqali katta foyda ko‘rishi mumkin”, — deydi Tramp.

U bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda ayrim NATO davlatlari yetakchilarini xabardor qilganini qo‘shimcha qildi.

    Boshqa yangiliklar