Farg‘ona shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchasi 586,4 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishda gumon qilinmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida “Y.X.” MCHJ mas’ullari “S.” nomli oshxonada gaz tarmog‘iga oshxona uskunalarini ruxsatsiz va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, katta miqdorda tabiiy gazni o‘zboshimchalik bilan ishlatgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.