AsosiyDunyo

Bayden yana necha yil umr ko‘rishi aytildi

Avvalroq AQShning sobiq prezidentiga prostata saratonining agressiv shakli tashxisi qo‘yilgandi.

'Bayden yana necha yil umr ko‘rishi aytildi'ning rasmi

AQSH sobiq prezidenti Jo Baydenga prostata saratonining agressiv shakli tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, uning 12 oydan 18 oygacha umri qolgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Oq uyning sobiq shifokori, respublikachi kongressmen Ronni Jekson ma’lum qildi.

O‘zi nima bo‘lgan edi?

Baydenning matbuot kotibi joriy yilning 18-may kuni Bayden chalingan tashxisni haqiqat ekanligini tasdiqladi va kasallikni davolash mumkinligini ta’kidladi.

Biroq Jeksonning so‘zlariga ko‘ra, muvaffaqiyatli davolanishga umid qilinsa-da, prognozlar tashvishli bo‘lib qolmoqda.

“Bu mening mutaxassisligim emas, lekin bu ma’lum bo‘lganidan beri ko‘plab urologlar bilan suhbatlashdim va ularning barchasi uning 12 oydan 18 oygacha umri qolishi mumkinligi haqida bir fikrga kelishdi. Umid qilamanki, vaqt ko‘proq bo‘ladi va ishonamanki, ular bu kasallikni samarali davolay oladi. U hali ko‘p yillar yashaydi. Lekin bu juda ilgarilab ketgan kasallik”, — deydi Ronni Jekson.

Bayden qachondan kasallik bilan kurashardi?

Avvalroq onkolog Ezekiel Emanuel kasallikning rivojlanishi Baydenning 2021-yildagi prezidentlik muddati boshidayoq boshlangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgandi.

Ushbu bayonotlar siyosatchining haqiqiy sog‘lig‘i yashirilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi jamoatchilik shubhalarini kuchaytirdi. Ayniqsa, Oq uyning 2024-yil fevral oyidagi tibbiy hisobotida prostata bezida hech qanday muammo yo‘qligi, aksincha, Baydenning sog‘lig‘i “yaxshi” ekani ta’kidlangani e’tiborga molik.

Ma’lumot uchun, Oq uyning sobiq rahbari hozir 82 yoshda. 2024-yilda u tez-tez adashib gapirishi, unutuvchanligi va omma oldida yiqilishlari tufayli jismoniy va aqliy holatiga shubhalar ortib borayotgan bir paytda prezidentlik poygasidan chiqishga majbur bo‘ldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"G‘azodagi har bir bola, har bir go‘dak dushman" - isroillik siyosatchi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:40

    "G‘azodagi har bir bola, har bir go‘dak dushman" - isroillik siyosatchi

    Isroilning sobiq o‘ta o‘ngchi siyosatchisi Moshe Feyglin G‘azo sektorini to‘liq bosib olishga chaqirdi.

    'Indoneziyadagi Dukono vulqonining kuli 1600 metr balandlikka ko‘tarildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:38

    Indoneziyadagi Dukono vulqonining kuli 1600 metr balandlikka ko‘tarildi

    Mamlakatda zilzilalar va 130 ga yaqin harakatdagi vulqonlar mavjud.

    'Avstraliyada asr toshqini:  10 ming odam uysiz qoldi, 3 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:08

    Avstraliyada asr toshqini:  10 ming odam uysiz qoldi, 3 kishi halok bo‘ldi

    Qit’aning sharqiy qirg‘og‘idagi 50 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

    'Yana bir O‘zbekiston kompaniyasi YEI sanksiyasiga uchradi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:20

    Yana bir O‘zbekiston kompaniyasi YEI sanksiyasiga uchradi

    Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan kompaniya Rossiya harbiy-sanoat kompleksiga ko‘maklashishda gumon qilinmoqda.

    'Germaniya tank brigadasini Litvaga joylashtirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:23

    Germaniya tank brigadasini Litvaga joylashtirdi

    Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistoriusning ta’kidlashicha, Germaniya NATO hududining har bir santimetrini himoya qilishga tayyor.

    'Madridda sobiq ukrainalik siyosatchi otib o‘ldirildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:53

    Madridda sobiq ukrainalik siyosatchi otib o‘ldirildi

    Guvohlarning aytishicha, ikki nafar shaxs mototsiklda kelib, Portnovga besh marotaba o‘q uzgan.