Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi.
Universitetda 2025-2026-o‘quv yilida xorijiy ta’lim dasturlari asosida aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Aniq fanlar maktabida hisob (calculus), dasturlash, fizika, chiziqli algebra, diskrit matematika, ma’lumotlar tuzilmalari va algoritmlar, sun’iy intellekt va robototexnika, ingliz tili fanlaridan dars beruvchi professor-o‘qituvchilar tanlab olinib, Kembrij universitetida malaka oshirishlari maqsad qilingan.
Kurs yakuni bo‘yicha Kembrij universitetining malaka sertifikatiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar 2025-2026-o‘quv yilidan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida ish faoliyatini boshlaydi.
Tanlovda ishtirok etuvchi professor-o‘qituvchilarga qo‘yiladigan birlamchi talablar:
– fan nomzodi (PhD) yoki fan doktori (DSc) ga ega bo‘lishi;
– 5 yil va undan ortiq pedagogik ish stajiga egaligi;
– ingliz tilini B2 darajada bilishi (til bilish sertifikati);
– Scopus, veb of sciyence xalqaro ilmiy jurnallari hamda yuqori indeksga ega ilmiy jurnallarda maqolalar chop etganligi;
– o‘z fani yo‘nalishida turli grant va loyihalardagi ishtiroki.
Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjat va ma’lumotlarni tanlov.uzedu.uz havola orqali yuborishingiz mumkin.