AsosiyDunyo

AQSHda uy ustiga samolyot qulab tushdi

Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan va sakkiz kishi tan jarohati olgan.

'AQSHda uy ustiga samolyot qulab tushdi'ning rasmi

AQSHning Kaliforniya shtati San-Diyego hududida kichik xususiy samolyot uy ustiga qulab tushdi. Hozirgacha hodisa oqibatida ikki kishining halok bo‘lgani va sakkiz kishining tan jarohati olgani ma’lum. Bu haqda ABC News xabar berdi.

AQSH Federal fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, Cessna 550 rusumli kichik samolyot mahalliy vaqt bilan taxminan tonggi 3:45 atrofida qo‘nishga bir necha soniya qolganida qulagan. Samolyot bortida olti kishi bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, samolyot Sound Talent Group musiqa agentligining hammuassisi Deyv Shapiroga tegishli bo‘lgan. Agentlik uning halokat oqibatida vafot etganini tasdiqlagan.

San-Diyego yong‘in xavfsizligi boshqarmasi yordamchi rahbari Den Eddi matbuot anjumanida besh kishi tutundan zaharlanish bilan shifoxonaga yotqizilganini, yana bir kishi derazadan chiqishga urinayotganda tan jarohati olganini ma’lum qilgan. Yana ikki kishiga yengil shikast yetgan.

Eddining aytishicha, samolyotning qulashiga tongda bu hududda kuzatilgan quyuq tuman sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Nashrning yozishicha, samolyot halokati katta yong‘inga sabab bo‘lgan. Oqibatda 10 ta bino va bir nechta avtomobil zarar ko‘rgan. Ulardan biri to‘liq vayron bo‘lgan.

Samolyot bortidagi aniq qurbonlar soni hozircha noma’lum. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Hindistondagi kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq tufayli 45 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 23.05.2025 15:41

    Hindistondagi kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq tufayli 45 kishi halok bo‘ldi

    Tabiiy ofat sababli Dehli aeroporti kamida 13 ta reys yo‘nalishini o‘zgartirgan.

    'Avstraliya shaharlarini suv bosdi'ning rasmi

    Dunyo 23.05.2025 15:17

    Avstraliya shaharlarini suv bosdi

    Kuchli suv toshqini oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi.

    '2024 yilda Turkiya Isroilga eng ko‘p mahsulot eksport qilgan davlatlar beshligiga kirdi'ning rasmi

    Dunyo 23.05.2025 14:20

    2024 yilda Turkiya Isroilga eng ko‘p mahsulot eksport qilgan davlatlar beshligiga kirdi

    Bu davrda Turkiyaning Isroilga umumiy eksporti 1,14 milliard dollarga yetdi.

    'Rossiyada migrant ayollar uchun bepul tug‘uruqni taqiqlash taklif qilindi'ning rasmi

    Dunyo 23.05.2025 13:17

    Rossiyada migrant ayollar uchun bepul tug‘uruqni taqiqlash taklif qilindi

    Bu taklif Rossiyaning chet ellik ayollardan tug‘ilgan bo‘lajak fuqarolari huquqlarini buzishini bildiradi.

    'Klaus Vittmann: Rossiyaning urushdagi harbiy muvaffaqiyatlari "achinarli” holatda'ning rasmi

    Dunyo 23.05.2025 10:48

    Klaus Vittmann: Rossiyaning urushdagi harbiy muvaffaqiyatlari "achinarli” holatda

    Iste’fodagi Germaniya generali Rossiya Ukraina ustidan ertaroq g‘alaba qozonishi mumkin bo‘lganini aytdi.

    'Tramp administratsiyasi “Harvard” universitetining xalqaro talabalarni qabul qilish huquqini bekor qildi'ning rasmi

    Dunyo 23.05.2025 10:02

    Tramp administratsiyasi “Harvard” universitetining xalqaro talabalarni qabul qilish huquqini bekor qildi

    Mazkur ish ortidan hukumat hamda universitet o‘rtasida keskinlik yuzaga keldi.