AsosiyJamiyat

Toshkentda 22 yoshli yigit 19 yoshli tanishini pichoqlab qo‘ydi

Jarohatlangan fuqaro shifoxonaga yotqizilgan.

'Toshkentda 22 yoshli yigit 19 yoshli tanishini pichoqlab qo‘ydi'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs jarohat olganligi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 may kuni taxminan soat 20:00 larda Olmazor tumani “Chustiy” mahallasi hududida 2003 yilda tug‘ilgan A.S. o‘zining tanishi 2006 yilda tug‘ilgan S.O‘. bilan kelishmovchilik sababli tortishib qolgan va o‘zaro janjallashib ketgan.

Janjal vaqtida fuqaro A.S. o‘tkir tig‘li jism bilan S.O‘. ga tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi “Ko‘krak qafasi orqa sohasi chap tomon kesib sanchilgan jarohati” tashxisi bilan shifoxonaga joylashtirilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “m” bandi ("Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish - qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir etilishi") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Tergov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi",— deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekiston terrorizm havfi boʻyicha eng havfsiz davlatlar qatorida eʼtirof etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:35

    Oʻzbekiston terrorizm havfi boʻyicha eng havfsiz davlatlar qatorida eʼtirof etildi

    "Global terrorizm indeksi"ga ko'ra, O'zbekiston 90-pog'onani egalladi.

    'Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:12

    Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi

    Hodisa kecha tunda Yashnobod tumanida sodir bo'lgan.

    'Bugun respublikada yog'ingarchiliksiz, biroz iliq havo harorati hukmron bo'ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:16

    Bugun respublikada yog'ingarchiliksiz, biroz iliq havo harorati hukmron bo'ladi

    "O'zgidromet" 23 noyabr kungi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Namanganda qoidabuzar haydovchini toʻxtatishga uringan YPX xodimi vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 19:59

    Namanganda qoidabuzar haydovchini toʻxtatishga uringan YPX xodimi vafot etdi

    Onix haydovchisi xodimning toʻxtash ishorasiga boʻysunmay, tezlikni oshirgan va YPX xodimini mashinada urib ketgan.

    '1 dekabrdan AI-80 benzini sotuvdan olib tashlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 18:55

    1 dekabrdan AI-80 benzini sotuvdan olib tashlanadi

    Poytaxt va uning atrofidagi issiqxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta'minlash bo‘yicha bir qator takliflar ishlab chiqiladi. Prezident qarori bilan yangi choralar e’lon qilindi.

    'Rossiyadan noqonuniy olib kirilayotgan 2 mlrd soʻmlik tibbiy buyum va dorilar chegaradan oʻtolmadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 14:33

    Rossiyadan noqonuniy olib kirilayotgan 2 mlrd soʻmlik tibbiy buyum va dorilar chegaradan oʻtolmadi

    "Volgograd-Toshkent" yo'nalishida harakatlanib kelayotgan poezd Qoraqalpog'istonda tekshirilganda 2 ta vagonda noqonuniy tibbiy buyum va dorilar borligi aniqlandi.