AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida elektron tamakini noqonuniy sotayotgan shaxs qo‘lga tushdi

Fuqaro 530 dona elektron tamakini 5 700 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

'Toshkent viloyatida elektron tamakini noqonuniy sotayotgan shaxs qo‘lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan M.M. fuqaro M.G.ga xorijda ishlab chiqarilgan 530 dona elektron tamaki mahsulotini 5 700 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar