Tailandda politsiyaning Bell 212 vertolyoti qulab tushishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Matichon gazetasi xabar berdi.
Aniqlanishicha, voqea Prachuapkirikxan viloyatida, Xuakin kurort shahridan 40 km janubda sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi vertolyotdan parashyut bilan sakrab, qochishga ulgurgan. Holat yuzasidan tergov aviahalokat sabablarini aniqlamoqda.