AsosiyJamiyat

Bugun ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Harorat 35 darajagacha ko‘tariladi.

'Bugun ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin'ning rasmi

Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechqurun Toshkent viloyatida ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 30-35° bo‘ladi.

Poytaxtimizda kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi mumkin. Harorat 32-34° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar