AsosiyJamiyat

Toshkent havosi “sariq” zonada

Bu ko‘rsatkich havoda ifloslanishning mo‘tadil darajada ekanini anglatadi.

'Toshkent havosi “sariq” zonada'ning rasmi

Bugun, 27-may kuni ertalab soat 09:00 holatiga ko‘ra, Toshkent shahri bo‘ylab havo sifati asosan «sariq» zona darajasida baholanmoqda.

Bu esa havoda ifloslanishning mo‘tadil darajada ekanini anglatadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, asosiy ifloslantiruvchi modda bu — PM2,5 zarrachalari bo‘lib, ularning miqdori Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya qilgan yillik norma bilan solishtirilganda 4,6 baravar yuqori ekani aniqlangan.

Shu bilan birga, boshqa zararli moddalar — masalan, azot dioksidi, oltingugurt dioksidi, uglerod oksidi kabi ifloslantiruvchilarning darajasi belgilangan me’yorlardan oshmagan.

PM2,5 zarrachalari o‘zi nima?

PM — havoda mavjud barcha zarrachalar, shu jumladan, chang, loy, kuyindi, tutun va suyuqlik tomchilari. Chang zarralari nafas yo‘llarini bezovta qiladi va bronxit, emfizem, yurak-qon tomir kasalliklari (masalan, insult), ko‘z infeksiyalari, terining tirnash xususiyati va meningokkok meningiti kabi kasalliklarni keltirib chiqarishi yoki yomonlashtirishi mumkin.

Chang zarralarining kattaligi inson salomatligi uchun potensial xavfni aniqlashda asosiy omil hisoblanadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, diametri 10 mikrondan kam bo‘lgan zarralar (≤ PM10) o‘pkaga chuqur kirib, ularda to‘planishi mumkin. Diametri 2,5 mikrondan (≤ PM2,5) kam bo‘lgan zarrachalar sog‘likka yanada zararli ta’sir ko‘rsatadi: ular o‘pkada havo to‘sig‘ini yengib, qon aylanish tizimiga kirishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar